Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi direktori ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va ularning munosib kelajagini ta’minlash yo‘lidagi samarali faoliyatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Yuksak mukofot Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e’tirof — ta’lim taraqqiyoti, yoshlar kamoloti va yurtimiz kelajagi yo‘lida olib borilayotgan fidokorona mehnatga berilgan yuksak bahodir.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi jamoasi direktorimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Yurt ravnaqi va ta’lim taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu xizmatlar bardavom bo‘lsin!

