TXVU akademik litseyi 2026-2027-o'quv yili uchun University of Westminster bilan hamkorlikda qo'shma dastur asosida yangi guruhlar ochilishi haqida ma'lumot
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi 2026-2027–o’quv yili uchun University of Westminster bilan hamkorlikda qo‘shma dasturi asosida ta’lim faoliyati olib boriladigan guruhlar (o'zbek va rus tili) ochilishini e’lon qilad
.Ushbu qo’shma dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan o’quvchilar ALWIUT diplomi va qo’shma dastur sertifikatini qo’lga kiritadilar.
Qo’shma dastur to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qo’shma dastur doirasida tahsil olmoqchi bo‘lgan o‘quvchi ota-onasi tomonidan 1) akademik litsey direktori nomiga ariza va 2) Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan baholar varag'ini taqdim etiladi.
Ushbu guruhda o’qishga qabul qilish uchun arizalar faqat O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlardangina qabul qilinadi.
Qabul jarayoni qo’yidagi tarzda amalga oshiriladi:
Abituriyentlar ingliz tilida matematika va mantiqiy fikrlash bo’yicha yozma imtihon topshiradi. Sinovdan eng yuqori ball to’plagan abituriyentlar tanlab olinadi.
To’lov-kontrakt miqdori bir o’quv yili uchun – 38 820 000 (o’ttiz sakkiz million sakkiz yuz yigirma ming ) so’m
Eslatma: Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligidan olingan ballar hujjat nushasiz
arizalar qabul qilinmaydi!!!
Arizalar 2026 -yil 6 avgust soat 12:00 gacha qabul qilinadi.
BU MUDDATDAN KEYIN HUJJATLAR QABUL QILINMYADI!!!
Hujjatlar qabul qilish vaqti:9:30-12:00 va 14:30-17:00
2026-yil 3-avgust
Bu yerga bosing ↓
