Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti va Akademik Litseyi hamkorligida taniqli o‘zbek adiblari bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
2026-yil 5-oktabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va Akademik litseyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli o‘zbek yozuvchi va shoirlari Chorsham Ro‘ziyev, Muhiddin Omon va Nuriddin Aminjonovlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv talabalarga o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning ijodiy yo‘llari, asarlari va tajribalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Mehmonlar adabiyotga kirib kelishlari, asarlari ortidagi voqealar, shuningdek, adabiyotning inson dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘zlab berdilar.
