2026-yil 19-oktabr kuni Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti va TXVUAL hamkorligida Toshkent shahar ta’lim va targ‘ibot markazi bosh mutaxassisi Nodirbek Nurmatov bilan ta’limiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida N. Nurmatov millat o‘zligini shakllantirish hamda avlodlarni o‘zaro bog‘lashda milliy qadriyatlar, til, an’analar va madaniy merosning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Tadbirda madaniy merosni asrab-avaylash, yoshlarda o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash hamda ta’lim va mutolaa orqali ularning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.
