Dilinizi seçin

YANGILIKLAR

TXVUAL o‘quvchilari Silk Road University Fair 2026 xalqaro universitetlar yarmarkasida ishtirok etdilar

TXVUAL o‘quvchilari Silk Road University Fair 2026 xalqaro universitetlar yarmarkasida ishtirok etdilar

2026-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi Akademik litsey (TXVUAL) o‘quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tgan Silk Road University Fair — 2026 xalqaro universitetlar yarmarkasida ishtirok etdilar. Tadbir O‘zbekiston kollej maslahatchilari jamiyati (CCNU) tomonidan tashkil etildi.

O‘quvchilar 42 ta xalqaro universitet vakillari hamda «El-yurt umidi» jamg‘armasi vakillari bilan uchrashib, universitetlarga qabul jarayonlari, ta’lim dasturlari va stipendiya imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, kelajakdagi ta’lim olish rejalari uchun foydali aloqalar o‘rnatdilar.

BOG'LANISH

Toshkent shahri, Mirobod tumani
Shahrisabz ko'chasi, 25

  • Ichki raqam: +998 (71) 238-74-27

  • Ma'lumot uchun: +998 (71) 238-74-31

  • Elektron pochta: lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

WIUT Facebook
WIUT Instagram
WIUT LinkedIn
WIUT YouTube