Dilinizi seçin

YANGILIKLAR

Xalqaro ta’lim dasturi bitiruvçilari taqdirlandi

Xalqaro ta’lim dasturi bitiruvçilari taqdirlandi

Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Cambridge International AS & A Level xalqaro ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Mazkur dastur öquvçilarga xalqaro ta’lim standartlari asosida çuqur bilim oliş, tanqidiy va tahliliy fikrlaş, mustaqil izlaniş hamda turli muammolarga ilmiy yondaşiş könikmalarini rivojlantiriş imkonini beradi.

Dasturning muhim afzalliklaridan biri şundaki, yuqori akademik natijalarga erişgan bitiruvçilar ayrim xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qöşimça kiriş imtihonlarisiz qabul qiliniş imkoniyatiga ega böladilar. Şuningdek, universitetning qabul talablariga muvofiq, ular Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bakalavriat bosqiçining ikkinçi kursidan öqişni davom ettirişlari mumkin.

Bugungi kunda Cambridge International AS & A Level dasturlari dunyoning 138 ta mamlakatida joriy etilgan bölib, uşbu dastur doirasida beriladigan malaka hujjatlari 99 ta mamlakatdagi 2 670 dan ortiq universitet tomonidan tan olinadi.

Barça bitiruvçilarni uşbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi öqişlari va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi imkoniyatlar hamda yorqin kelajak tilaymiz!

Dastur haqida batafsil ma’lumot: https://www.wiut.uz/cambridge-as-a-levels

BOG'LANISH

Toshkent shahri, Mirobod tumani
Shahrisabz ko'chasi, 25

  • Ichki raqam: +998 (71) 238-74-27

  • Ma'lumot uchun: +998 (71) 238-74-31

  • Elektron pochta: lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

WIUT Facebook
WIUT Instagram
WIUT LinkedIn
WIUT YouTube