+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Technovation Girls

Hozirgina Kaliforniyada Pitch Day yakunlandi, bizning “Tecnas” deb nomlanuvchi Senior-jamoamiz “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi!

Bu ijtimoiy muammolar yechimiga hissa qo‘shgan eng yaxshi loyiha uchun mukofot!

Barcha ishtirokchilarni va mentorni tabriklaymiz, bunday ajoyib natija bilan faxrlanamiz!

Bu nafaqat jamoa uchun, balki O‘zbekistondagi Technovation Girls hamjamiyati uchun ham muhim g‘alaba.

Shuningdek, bizning Senior-guruhda Ispaniya jamoasi (Technology Award) va Braziliya jamoasi (Grand Prize) mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

“Tecnas” jamoasini tabriklaymiz!

——

Eslatib o‘tamiz, jamoa “Sinov” ilovasini yaratdi: bu virtual laboratoriya bo‘lib, u O‘zbekiston maktablarida laboratoriyalar va ilmiy uskunalar yetishmovchiligi muammosini hal qiladi.

 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search