+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Job festival

2022-yil 18-noyabr kuni TXVU akademik litseyida Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Job festival” o‘tkazildi. Festivalda guruhlarga turli davlatlar bo‘lib berildi va u davlatlardagi rivojlangan sohalar, kasblar o‘rganib chiqilib, turli sahna ko‘rinishlari va video-roliklar orqali tomoshabinlarga havola etildi.
Bitiruvchi akademik litseyi o‘quvchilari uchun ushbu festivallar ayni muddao, chunki ular o‘quv yili oxiriga qadar kelajakda kim bo‘lishlari va qay kasb vakili bo‘lib faoliyat yurutishlari haqida o‘ylab olishlari, tanlab olishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, tanlab olingan davlatlarning mashhur kino va qo‘shiqlaridan ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Bu esa, tadbir ishtirokchilari va tomoshabinlariga ko‘tarinki kayfiyat  bag‘ishladi.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search