+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

O'quv ishlari bo'yicha uslubchi
Malaka talablari:
  • Pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasida oliy ma’lumot;
  • Ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
  • O'zbek va rus tillarini bilish;
Lavozim vazifalari:
  • metodik ishlarni tashkil qilish, o‘quv-metodik va tarbiyaviy ishlarning holatini va ularning ta’lim standartlariga mosligini tahlil qilish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • o‘quv guruhlari, to‘garaklar va o‘quvchilar uyushmalarini shakllantirishda ishtirok etish, pedagog xodimlarga o‘qitish mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini aniqlashda yordam berish;
  • pedagogik xodimlarga tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etish;
  • o‘quv, o‘quv-mavzu rejalar, fanlar va o‘quv kurslari bo‘yicha dasturlar tuzish;
  • o‘quv-metodik hujjatlar, qo‘llanmalar (o‘quv fanlari, qurilmalar namunaviy ro‘yxati, didaktik materiallar va hokazo) ishlab chiqishni, ularga taqriz berishni va tasdiqlashga tayyorlashni tashkillashtirish;
  • pedagogik xodimlarning metodik uyushmalari ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va hokazolarni o‘tkazish bo‘yicha zarur hujjatlarni ishlab chiqish;
  • nashr etilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, videomateriallar, audiovizual va boshqa o‘qitish vositalari xususida pedagog xodimlarni xabardor qilish va litseyning ularga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qilish;
  • ilg‘or pedagogik texnologiyalar tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish, o‘qitish va tarbiyalashning samarali texnologiyalarini amalga oshirishni tashkil qilish;
  • ta’lim muassasasi faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Ish sharoitlari:
  • Ish jadvali 6/1 Olti kunlik ish haftasi. (Shanba - qisqartirilgan kun);
  • Maoshni o'z vaqtida to'lash;
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ish bilan ta'minlash;
  • Qulay ish sharoitlari.

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search