+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

Jismoniy tarbiya rahbari
Malaka talablari:
  • Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Ish staji talab etilmaydi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
  • O'zbek va rus tillarini bilishi;
Lavozim vazifalari:
  • O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv, fakultativ va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish;
  • Jismoniy tarbiya va sport fani o‘qituvchilari ishini boshqarish, har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, davomat va o‘zlashtirishni nazorat qilish;
  • O‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini kuzatib borish, jismoniy tarbiyaning ilg‘or va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etish;
  • Sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan o‘quvchilar sog‘lig‘ini tekshirishda qatnashish, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish;
  • Sport o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish, sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan maqbul foydalanishni ta’minlash;
  • Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ish sharoitlari:
  • Ish jadvali 6/1 Olti kunlik ish haftasi. (Shanba - qisqartirilgan kun);
  • Maoshni o'z vaqtida to'lash;
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan rasmiy ish bilan ta'minlash;
  • Qulay ish sharoitlari;

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search