+998 (71) 238-74-27      lyceum@wiut.uz

MOSKVADAGI OLIY IQTISODIYOT MAKTABI
Bizning doimiy sheriklarimiz Moskvadagi Oliy Iqtisodiyot maktabi bo'lib, u yerda o'qituvchilarga o'z malakalarini oshirish imkoniyati beriladi va TXVU AL bitiruvchilari tanlov asosida o'qish uchun grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
MOIM o'qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari.
Image
Image
2021-yil 8-aprelda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyida OIM ning   ITU   vakillari: professor Vasiliy Aleksandrovich Gromov, dotsent Sergey Andreevich Sershakov, chet ellik talabalarni  o‘qishga jalb qilish bo'yicha mutaxassis Ekaterina Belousova va OIM  talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o ‘tdi.
Uchrashuvda akademik litsey tomonidan  TXVU universiteti vakili Aziz Anvarovich Maxmudov, akademik litsey direktori Sultonova Shohida Yo'ldoshevna, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N.A.Rasulova,  "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi mudiri  F.E.Yuldashev, informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilari - U.A.G'anieva, Sh.P. Ismoilov va N.I.Sodiqovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda akademik litsey va Oliy iqtisodiyot maktabi o'rtasidagi hamkorlik masalalari va yangi o'quv yilidagi rejalar muhokama qilindi.
Axborot texnologiyalari sohasida akademik litsey o'quvchilari uchun o'quv dasturlarini tuzish, tajriba almashish vositasi sifatida  onlayn seminar va treninglar o'tkazish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Keyin, IOM ning ITU vakillari akademik litsey o'quvchilari bilan "Kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni tahlil qilish" mavzusida mahorat darslari  o'tkazdilar.

Talabalar faol ishtirok etdilar,  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. IOM ning ITU vakillari bilan uchrashuv yuqori saviyada  o'tdi. 

BOG'LANISH

Toshkent shahri,Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 25

  • +998 (71) 238-74-27

  • +998 (71) 238-74-31

  • lyceum@wiut.uz

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

Search