Login
  English language   Русский Язык   O'zbek tili
TXVU Academik Litseyi
  Search

Hujjat topshirish


Litseyda tahsil olmoqchi bo’lgan o’quvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim qilishadi:

- Litseyga qabul qilish haqidagi arizaning to’ldirilgan nusxasi;

- Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi;

- Maktabning 9-sinfini joriy o'quv yilida tugatayotganligi to'g'risida ma'lumotnoma yoki o’rta ta’lim to’g’risidagi shahodatnoma (maktab attestati)ning nusxasi;

- 6ta fotosurat (3x4);

- Hujjatlar solish uchun jild va konvert.

Hujjatlarni shaxsan o'quvchining o'zi topshirishi lozim. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o’tib, TXVU qoshidagi Akademik Litseyga o’qish uchun qabul qilingan talabalar o’rta ta’lim to’g’risidagi shahodatnomaning asl nusxasini va 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnani olib kelishlari lozim bo’ladi. 

TXVU qoshidagi Akademik Litseyga qabul qilingan talabalar Akademik Litsey tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Xorijiy davlatlar fuqarolari litseyda shartnoma asosida o’qiydilar. Xorijiy davlatlar fuqarolarini litseyga qabul qilish haqida ma’lumot olish uchun (+998-71) 238-74-27 telefoni lyceum@wiut.uz elektron pochta manzili orqali bog’laning.

Keyingi o’quv yiliga hujjat qabul qilish va qabul imtihonlari sanalari may oyida e’lon qilinadi.

TXVU qoshidagi Akademik Litsey va unga kirish talablari haqida qisqacha ma’lumotnomani o’zbek va rus tillarida yuklab olish uchun bu yerga bosing.