Login
TXVU Academik Litseyi
Search
Asosiy
Litsey haqida
TXVU Litseyining boshqa litseylardan farqi nima?
Fanlar
O’quv jarayoni hamda ma’naviyat va ma’rifat
Qabul
Qabul talablari
Hujjat topshirish
Xodimlar
Ma'muriyat
O'qituvchilar
Bo'sh ish o'rinlari
Fotogalereya
Talabalar uchun
Talabalar uyushmasi
Talabalar uyushmasi haqida
Kengash
Ijroiya Mahkama a'zolari vazifalari
Talabalar Uyushmasi Kengashi 2009-2010
Bog'lanish
TXVU Litseyining boshqa litseylardan farqi nima?
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti qoshidagi Akademik Litsey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 9 dekabrdagi 270-sonli qarori asosida tashkil qilingan. Qarorda belgilanganiday, iqtisodiyot real sektorining malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini qondirish hamda umumta’lim va umumkasbiy fanlar chuqur o’rganilgan holda menejerlar tayyorlashni tashkil etish litseyning asosiy vazifalari etib belgilangan. Litsey aniq fanlarga yo’naltirilgan bo’lib, ingliz tili va matematika maxsus chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitiladi.
Akademik litsey Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti bilan yaqin hamkorlikda ochilgan Respublikadagi birinchi ta’lim dargohi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Davlat Ta’lim Standartlari bo’yicha o’rta maxsus ta’lim olish imkonini beradi. Litseyning oxirgi (uchinchi) bosqichida o’qiyotgan talabalar Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) tomonidan tasdiqlangan Umumta’lim Kursida o’qib, Britaniya Milliy Umumta’lim Kvalifikatsiyasi (National Foundation Qualification – NFQ) bo’yicha ta’lim olish imkoniyatiga egalar. Ushbu kurs talabalarga xalqaro ta’lim tizimida kerak bo’ladigan boshlang’ich bilim va tajribaga ega bo’lishlariga ko’mak beradi. Bu dasturni muvaffaqiyatli tugatgan litsey bitiruvchilari tog’ridan-to’g’ri Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining bakalavr kurslarida o’qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Litseyda o’qitish jarayoni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti bilan yaqin hamkorlikda xalqaro ta’lim mezonlari asosida yo’lga qo’yilgan. Bundan asosiy maqsad litsey o’quvchilari yuqori sifatli bilim olishlarini ta’minlash va xalqaro oliy o’quv yurtlarda ta’limni davom ettirishlari uchun zamin yaratishdir.