Login
  English language   Русский Язык   O'zbek tili
TXVU Academik Litseyi
  Search

Fanlar


Litseyda ta’lim O’zbekiston Respublikasi Davlat Ta’lim Standartlari, o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Litseyda ta’lim O’zbekiston Respublikasidagi akademik litseylarda bo’lgani kabi 3 yil davom etadi. Litsey bitiruvchilariga davlat namunasidagi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi diplomi beriladi va ular o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlarida ta’limni davom ettirish yoki kichik mutaxassis sifatida ish faoliyatini boshlash huquqiga ega bo’lishadi.

Litseyda ingliz tili maxsus chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitiladi. Bu dasturning asosiy maqsadi litsey bitiruvchilarining ta’lim ingliz tilida olib boriladigan xalqaro universitetlarda o’qishni davom ettirishlari uchun zamin yartishdir. Litsey o’quvchilari ingliz tilida akademik xarakterdagi og’zaki va yozma matnlarni tushunish va ular bilan ishlash, ingliz tilida o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda erkin bayon qila olish, ingliz tilida ilmiy tadqiqotlar olib borish va tadqiqot natijalarini taqdim qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Litsey ingliz tili dasturini muvaffaqiyatli bitirgan o’quvchi IELTS ingliz tili xalqaro imtihon tizimi bo’yicha yuqori natijalar ko’rsatishiga mo’ljallangan.

Bundan tashqari, litseyda ingliz tilidan boshqa xorijiy tillarni o’qitish ham yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, litseyda matematika va informatika fanlari ham maxsus dastur asosida o’qitiladi.

Litseyning uchinchi kursida talabalar davlat standartida belgilangan fanlar bilan bir qatorda, Umumta’lim kursida belgilangan fanlarni ham o’qish imkoniyatiga egalar. Bu kurs ikki semestrlik, 120 kreditlik kurs bo’lib, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan va litseyda to’lig’icha ingliz tilida o’qitiladi. Ushbu kursni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar to’g’ridan-to’g’ri TXVUning bakalavr darajasidagi kurslariga kirib o’qishni davom ettirishlari mumkin bo’ladi.