Login
  English language   Русский язык   O'zbek tili
TXVU Academik Litseyi
  Search

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti qoshidagi Akademik Litsey jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi – 2012 yil bilan tabriklaydi. Barchangizning xonadongizga tinchlik, dasturxoningizga baraka, ezgu ishlaringizga rivoj tilab qolamiz.

Hurmat bilan,

TXVU akademik litseyi jamoasi.


Davom...

2011 yil 24 dekabr kuni TXVU qoshidagi akademik litseyda Yangi Yilga bag’ishlangan bayram konserti tashkil qilindi. Yangi yil archasi va bezaklar bilan bayramona bezatilgan sahnada litsey o’quvchilari turli millat vakillarining kuy va qo’shiqlarini ijro etishdi, raqslar namoyish qilishdi. Konsert so’ngida ishtirokchilar ABBA guruhing “Nappy New Year” qo’shig’ini birgalikda ijro etib, barchani kelaytgan bayram bilan tabriklashdi.


Davom...

2011 yil 28 noyabrda TXVU qoshidagi akademik litseyda informatika fanidan olimpiada o’tkazildi. Olimpiadada litseyning barcha kurslaridan o’quvchilar qatnashib, fan bo’yicha o’z bilimlarini sinab ko’rdilar. Olimpiada ikki bosqichda o’tkazildi: 1-bosqich – test savollari va 2-bosqich - masalalarga dastur tuzish. Olimpiada natijalari quyidagicha bo’ldi: 1-kurslar orasida – Nazarov Daniil 1-o’rinni, Qosimov Suxrob 2-o’rinni, Yeniliyev Rifat 3 o’rinni egallashdi. 2-kurslar orasida Avanesov Andrey 1-o’riini, Nazarov Aleksandr 2-o’rinni, Toirov Behzod va Vorobyov Ilya teng ballar bilan 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. 3-kurslar orasida o’ringlar quyidagicha taqsimlandi: Soliyev Behzod – 1-o’rin, Sagatov Shuhrat – 2o’rin va Haytmatov Bobur – 3-o’rin.


Davom...