16 - fevral 2012- yil TXVU qoshidagi akademik litseyning majlislar zalida O’zbek xalqining iftixori, buyuk mutafakkir, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligi munosabati bilan “El desa Navoiyni“ deb nomlangan badiiy kecha o’tkazildi.
Bayramda litseyning barcha o’zbek va rus guruhlari o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Tantanali kecha O’zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqovning orkestr jo’rligida yozib olingan “Xamsa” asari videofilmidan parcha namoyish etilishi bilan boshlandi. Bayram kechasida turli guruhlardan ishtirok etgan o’quvchilar Alisher Navoiyning she’rlarini bahru-bayt tarzida nemis, ispan, fransuz, ingliz, xitoy, fors-tojik, rus va o’zbek tillarida ifodali yod aytib berishdi. Navoiy tuyuqlarini maromiga yetkazib aytib bergan Ilya Vorobyov, Fayzullayev Durbek, Sobirjonov Abbosxonlarni barcha olqishladi Ayniqsa, Xudoybergenova Shahloning raqsi tomoshabinlarni nihoyatda zavqlantirdi. “Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” asari asosida sahlashtirilgan kichik-kichik sahna ko’rinishlaridan barcha mamnun bo’ldi. Sahna ko’rinishlarini maromiga yetkazib ijro etgan 1UzG1 o’quvchilari barchaning olqishiga sazovor bo’ldi.
Davom...