29 Nov

  • By administrator
  • In News(uz)
  • Comments Off

         2017- yil 27-noyabr kuni TXVU huzuridagi akademik litseyda “O’zbekiston qizlari terrorizmga qarshi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir o’z safida ko’p sonli auditoriyani jamlab, turli ko’rinishdagi qiziqarli shartlari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

        Qizlar maxsus tayyorlangan flayerlarda Vatanimizdagi hozirgi farovon turmushimiz va dunyoning ba’zi joylarida yuz berayotgan terroristik harakatlar, ular natijasida halok bo’lgan begunoh insonlar taqdiri, vayronaliklar va vahshiyliklar haqida so’zlab, ikki hil dunyoni taqqoslab berdilar.

        “Biz terrorizmga, narkotiklarga, odam savdosiga qarshimiz” mavzusida tashkil etilgan viktorinalar esa litsey o’quvchilari ushbu mavzularga befarq emasliklari, oila va jamiyatdagi butun faoliyatlari bilan Vatanimizdagi tinchlik barqaror bo’lishi, uning gullab-yashnashi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari, sog’lom turmushga amal qilishlari haqida dalolat berdi.

Girls against terror 2

         Turli boshqotirmalar, pazllarni yig’ish, muammoga o’z fikrini aniq va qisqa bildira olish kabi interfaol o’yinlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularga yana bir bor TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT ekanligi his qilishlariga yordam berdi.