04 Feb

27-yanvar 2017-yilda O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirga O’zbekiston  “Milliy tilanish” Demokratik  partiyasi Markaziy Kengash raisi- Sarvar Otamuratov, Azamat Ziyo, 2 nafar Olimpiada g’oliblari, “Zulfiyaxonim” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori va jami 40 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasining deputatlari tashrif buyurishdi. Shu bilan bir qatorda Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster Universiteti rektori K.Karimov, rektor o’rinbosarlari hamda litsey direktori Sh.Y.Sultanova va director o’rinbosarlari, “Kamolot” YO.I.H boshlang’ich tashkiloti yetakchisi va 150 nafar litsey o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda mehmonlar I.A.Karimovni yod etib, o’quvchilarga o’z xotiralari bilan bo’lishdilar. Shu bilan bir qatorda I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlangan video lavha ham taqdim etildi.

 

Muyassar Ahmadjonova

Leave a Comment