16 Jun

11 iyun soat 17:30 da TXVU huzuridagi akademik litseyda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi boshlandi. Tadbirda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, o’qituvchilar, litsey va Universitet ma’muriyati ishtirok etdi. Tadbirni TXVU prorektori Qodirov Nizom Muhammadjonovich ochib berdi.

So’zga chiqqan litsey direktori Sultonova Sh.Y. litsey bitiruvchilari erishgan yutuqlar haqida to’xtalib o’tdi va ularga faxriy yorliqlar topshirdi.

Bitiruvchilar va ota-onalarning litsey, ustozlar haqida bildirgan iliq so’zlari davrada o’tirganlarni ko’ngillarini hayajonga to’ldirdi.

Mana nihoyat kutilgan fursatlar ham yetib keldi va 168 nafar bitiruvchiga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Tadbir iqtidorli o’quvchilarning musiqiy chiqishlari hamrohligida o’zgacha joziba kasb etdi.

Tantanali kechaning rasmiy qismi tugagach, litsey bog’ida bitiruvchilar tomonidan xayrlashuv raqs iijro etildi.

Bitiruv kechasi katta hayot ostonasida turgan yoshlarlarning unutilmas, hayajonga to’la kunlaridan birib o’ldi!

Leave a Comment