23 Oct

  • By administrator
  • In News(uz)
  • Comments Off

22 – oktyabr kuni Xalqaro Vestminster Universitetining akademik litseyida futbol bo’yicha kuzgi chempionatning final bosqichi o’tkazildi. Kuzning eng  kutilgan musobaqalaridan biri,  2018-2019 o’quv yilining birinchi futbol chempionati yakunlandi.  Eng yaxshi jamoani aniqlash  uchun turnirning ikki favoriti 3RUG2 va 3RuG4 jamoalari maydonda uchrashdi. Ikkala jamoa ham finalga juda ishonch bilan intildi, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Final uchrashuviga “Lokomotiv” klubi va O’zbekiston milliy terma jamoalari o’yinchilari taklif etildi.

Final 3RUG2 g’alabasi bilan yakunlandi. Ular kuzgi futbol chempionatining chempionlari bo’lishdi.

photo_2018-12-24_15-03-21 photo_2018-12-24_15-04-13 photo_2018-12-24_15-04-26