02 Oct

  • By administrator
  • In News(uz)
  • Comments Off

Bayram litseyning tadbirlar zalida bo’lib o’tdi. O’quvchilar zalga kirgan har bir uztozni guldasta bilan siyladilar. Tadbir O’zbekiston madhiyasi bilan boshlandi. So’ngra so’z litsey  direktori Sh.Y. Sultanovaga berildi. U barcha ustozlarni ulug’ bayram bilan chin yurakdan qutladi. Shundan so’ng o’quvchilarning ustozlariga bag’ishlagan konserti namoyish qilindi. Bu konsertda milliy o’yin va qo’shiqlardan tashqari o’quvchilar ustozlariga bag’ishlab yozgan she’rlarini ham aytib berdilar. Bundan tashqari o’quvchilar tomonidan litsey hayotidan kichik sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi. Ustozlar o’quvchilarning tabrigidan juda mamnun bo’ldilar.

photo_2018-12-20_15-01-24

Bundan tashqari shu kuni litseyda o’z-o’zini boshqarish kuni ham bo’lib o’tdi. Bunda o’quvchilar o’zlariga biriktirilgan ustozlarning darslarini o’tishdi. Darslar juda qiziqarli, mahorat bilan olib borildi.

photo_2018-12-20_15-00-29 photo_2018-12-20_15-08-54 photo_2018-12-20_15-08-59