28 Sep

  • By administrator
  • In News(uz)
  • Comments Off

Qatnashdilar: Bosh prokuratura Akademiyasi vakili B.Ismailov, TXVU prorektori N.Kadirov,  TXVU  akademik litsey direktori Sh.Y.Sultanova, MMIBDO’  N.F.Nasretdinova,  o’qituvchilar va o’quvchilar -jami 230 nafar.

TXVU  akademik litsey direktori Sh.Y.Sultanova  kirish so’zi bilan tadbirni ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishi; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashi, ularga chek qo’yishi, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarliklarning muqarrarligi principini ta’minlashi kerakligini ta’kidlab o’tildi.  Shundan so’ng so’z navbati Bosh prokuratura Akademiyasi vakili Bahodir Ismoilovga berildi.
Bosh prokuratura Akademiyasi vakili Bahodir Ismailov o’z ma’ruzasida bugungi kunda korrupsiya Bosh prokuratura Akademiyasi vakili Bahodir Ismailov o’z ma’ruzasida bugungi kunda korrupsiya illati jahon davlatlarining global  muammosiga aylangan, sababi, korrupsiya har qanaqa jamiyatning rivojlanish yo’lidagi harakatlariga to’sqinlik qilishini bayon etdi.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni  erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va hususiy  tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish hamda  litsenziyalash va ruhsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat haridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat hizmatchilarining odob-ahloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbir davlat hizmatchilarining odob-ahloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilganligi bayon etildi.

Majlis davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijro etilishi doirasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek mazkur sohada yo’l qo’yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Qayd etilishicha, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi qisqa fursatlarda korrupsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarning kamayashiga sabab bo’lgan qator choralarning amalga oshirilishiga imkon beradi.

Tadbir davomida o’quvchilar savollariga javob olishdi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’z  takliflarini berdilar.

3

2